Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya Usmon imperiyasidan ozod bo‘lganining 140 yilligini nishonladi
Foto: BGNeS
Bolgariya 3 mart kuni Usmon imperiyasi zulmidan ozod bo‘lganining 140 yilligini tantanali nishonladi. Bayram mamlakatning barcha shaharlarida keng nishonlandi. Uning kulminatsiyasi mamlakat poytaxti Sofiyada tantanali harbiy marosim va mushakbozlik bo‘ldi.
Ushbu marosimda mamlakat prezidenti Rumen Radev, bosh vaziri Boyko Borisov, parlament spikeri Tsveta Karayancheva, patriarx Neofit va Rus pravoslav cherkovi delegatsiyasi, siyosiy partiyalar va jamoatchilik birlashmalari yetakchilari, diplomatik missiyalar rahbarlari va yuzlab oddiy fuqarolar ishtirok etganlar.
“140 yil avval San-Stefan tinchlik sulhi tuzilgan va ajdodlarimizning barcha bolgarlar mustaqil davlatda yashashi haqidagi orzusi ijobat bo‘lgan”, deb aytdi Bolgariya prezidenti Rumen Radev.
1877 yil 24 aprelda Rus-turk urushi boshlangan. Bolgariyada bu urush Ozodlik urushi deb nom olgan. Urush 1878 yil 3 mart kuni Rossiya va Usmon imperiyasi o‘rtasida San-Stefan tinchlik sulhi imzolanishi bilan yakunlangan. Bu sulhga ko‘ra Bolgariya mustaqil davlatga aylangan.
Bolgariya mustaqil davlat maqomini olgan va 3 mart kuni Bolgariyaning Usmon imperiyasi zulmidan ozod bo‘lishi kuni etib belgilangan.
Bolgariya deyarli 500 yil – 1396 yildan 1878 yilgacha Usmon imperiyasi tarkibiga kirgan.
Mavzuga oid
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025
Bolgariya yevroga o‘tish arafasida: ommaviy norozilik va hukumat iste’fosi
15:41 / 07.11.2025
Bolgariyada “Lukoyl” NQZni sotish: parlament prezident vetosini yengib o‘tdi
11:45 / 01.11.2025