Bolgariya parlamenti kelgusida uşbu yonilği turlari yetişmovçiligining oldini oliş maqsadida 31 oktyabr kuni mos qaror qabul qildi, deb xabar berdi dpa agentligi.

Dpa eslatişiça, Bolgariyaning Burgas şahri yaqinida «Lukoyl–Neftoxim» neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan. Bundan taşqari, Rossiya kompaniyasi mamlakatda yonilği quyiş şoxobçalari tarmoğini ham boşqaradi. Sanksiyalar uning Bolgariyadagi barça aktivlariga taalluqli.

Hukumat koalitsiyasi deputatlari mamlakatdagi yonilği zaxiralari bir neça oyga yetişiga kafolat berdi, deb yozadi dpa. Eksportni töxtatiş haqidagi qonun loyihasini 135 deputat qöllab-quvvatladi, 4 nafari qarşi çiqdi, 42 nafari betaraf qoldi.

Bolgariya Yevroittifoqning 2027 yil oxiriga borib Rossiya gazi eksportidan voz keçiş rejasini qöllab-quvvatlagan. Şu bilan birga, aynan uning hududidan YeIga Rossiya gazini yetkazib beruvçi sönggi quvur — «Turk oqimi» — ötadi. Bu esa, 2025 yil sentabr oyi oxirida Politico yozganidek, Vengriya va Slovakiya Rossiyadan gaz xarid qiliş imkoniyatidan mahrum bölişini anglatadi.

Mamlakat energetika vaziri Jyeço Stankovning aytişiça, 2028 yil 1 yanvariga borib Yevropada Rossiya gazidan foydalaniş butunlay töxtatiladi. Undan bir neça kun oldin, BMT Boş Assambleyasining yiğilişida Donald Tramp Yevropani Rossiya energiya manbalari xaridini töxtatişga çaqirganidan keyin, Bolgariya boş vaziri Rosen Jyelyazkov ham Sofiya YeI qarorlariga qöşilib, «qisqa muddatda Rossiya tabiiy gazidan foydalaniş yoki uning tranziti böyiça şartnomalarni bekor qiliş»ga tayyorligini ma’lum qilgan edi.