O‘zbekiston | 10:33 / 09.02.2024
9816
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinf o‘quvchilariga fevralda qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi

Ta’til muddati maktabning pedagogik kengash qarori asosida belgilanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi eslatdi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’til belgilanishi nazarda tutilgan. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova eslatib o‘tdi.

Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi. Ta’til muddati maktabning pedagogik kengash qarori asosida belgilanadi.

Mavzuga oid