23 sentabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili öqituvçisi dars vaqtida öquvçini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.

Videoda öqituvçi avval öquvçining quloğidan tortgani, keyin yuziga zarba tuşirgani, böğgani, boşini doskaga urganini köriş mumkin.

Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi. Voqea ikkinçi smenada öqiydigan 6-«V» sinfida rus tili fani darsida röy bergani aniqlangan.

«Videotasvirdagi rus tili fani öqituvçisi sinov muddati bilan maktabga işga taklif qilingan, rasman u 188-maktabga işga qabul qilingani böyiça hali buyruq çiqmagan va yuqoridagi voqea uning dastlabki iş kunida sodir bölgan.

Ma’lum bölişiça, öquvçi ustoziga gap qaytargan va tortişib qolgan. Söngra öqituvçi öquvçining quloğidan çözgan, ötirgan joyidan partasidan tortib olib çiqqan va öquvçining yuziga tarsaki tuşirgan. Öquvçiga tan jarohati yetkazilmagan, salomatligi joyida», deyiladi xabarda.

Holatdan xabar topgan öquvçining ota-onasi öqituvçi kamera yozuvlarini olgan va öqituvçining xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Hozirda Çilonzor tumani IIB tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib bormoqda.

Holat yuzasidan bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham munosabat bildirgan.

«Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy zöravonlik, nomunosib muomalaga yöl qöyayotgan şaxslar nafaqat lavozimidan yoki vazifasidan ozod etilişi, balki har qanday holatda ham qonun doirasidagi tegişli javobgarlikka tortilişi şart», deya yozgan u öz telegram-kanalida.

Bolaning onasi ombudsman bilan suhbatda sinf rahbari ham bolaga bunday zöravonlik sodir bölganidan xabar topgan bölsa-da, vaziyatni töliq örganmay, bolani eşitmay, xodisaga uning özi aybdorligini aytib, bolani butun sinf oldida öqituvçidan keçirim söraşga majbur qilgan. Murojaatçi bunday munosabat natijasida, bola hozirda juda tuşkun holatdaligi va maktabga borişni istamayotganini bildirib, farzandining buzilgan huquqlarini himoya qilişni söragan.