Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktablardan birida öquvçi maktabdoşini kaltaklayotgani aks etgan video yuzasidan tuman Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi bayonot berdi.
Ma’lumotlarga köra, zöravonlik holati Asaka tumanidagi 34-ixtisoslaşgan davlat umumta’lim muassasasida yuz bergan bölişi mumkin. Muştumzör yigit bolani urarkan, bir neça marotaba uni qidirganini, nima sabab javob bermaganini söragan va haqoratlab döpposlab ketgan. Qolaversa, yigit unga 300 ming söm pulni 1 mln söm qilib qaytariş talabini qöygan va buning uçun 10 kun muhlat bergan.
Ta’kidlanişiça, vaziyat nazoratga olingan. Boşqarma holat örganilayotganini, örganiş yakunlariga köra batafsil ma’lumot berilişini ma’lum qilgan.
Şuningdek, boşqarma yoşlar örtasida zöravonlik holatlarining har qanday körinişini qattiq qoralaşini ham bildirgan.








