Toşkent şahri Olmazor tumanida yaşovçi 17 yoşli maktab öquvçisi futbol maydonidagi darvoza tösini qulaşi oqibatida halok böldi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanişiça, Olmazor tumanidagi 133-maktabning 11-sinf öquvçisi M.A. 2024 yil 27 sentabr kuni soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoşlari bilan futbol öynagani borgan.

Öyin tugagandan söng M.A. stadion darvozasi tösiniga osilgan va muvozanatni uşlay olmay yiqilib tuşgan. Şu paytda darvoza yiqilib uni bosib qolgan.

Sinfdoşlar M.A.ni darhol darvoza tagidan çiqarib olişgan va tibbiy tez yordam maşinasini çaqirişgan. Tez yordam maşinasi 40 minutda yetib kelgan.

Oğir jarohatlangan M.A.ni Toşkent pediatriya tibbiyot institutining jonlantiriş bölimiga olib borişayotganda uning joni uzilgan.

Tibbiy xulosaga köra bemor qorin yopiq jarohati, jigar yorilişi, jigar venasi uzilişi, içki qon ketişi, travmatik şok oqibatida vafot etgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.