Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat yulduzlari
Shon-shuhrat o‘z-o‘zidan yoqimli, biroq bonus sifatida jahonga mashhur bo‘lish juda katta pul olib keladi. Har yili dunyoning eng badavlat va mashhur kishilari ro‘yxatini chop etuvchi Forbes ekspertlari birinchi darajali yulduzlar daromadlarini kuzatadi. Futbolchilar, musiqa olami vakillari, aktyorlar — bu yil ularning qay birlari butun bir mamlakatlarni sotib olish uchun yetarli pul to‘plagani haqida bilib oling.
Lionel Messi
Yillik daromadi: 80 million dollar
Kasbi: sportchi
Yoshi: 30
Lionel Messi, "Barselona" jamoasi uchun to‘p suruvchi argentinalik futbolchi. U 30 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida eng yuqori maosh to‘lanuvchi sportchi hisoblanadi. 2016 yilda Messi Adidas bilan reklama shartnomasini uzaytirdi va 27 million dollarga boyidi.
Jastin Biber
Yillik daromadi: 83,5 million dollar
Kasbi: Musiqachi
Yoshi: 23
Kanadalik qo‘shiqchi o‘tgan yili yuzdan ortiq konsert o‘tkazdi va bu uning yillik daromadini jiddiy oshirdi. Biber dunyoning eng badavlat artistlarining top-20 ro‘yxatida qolmoqda. Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar uchun esa Kelvin Klyayn bilan tuzgan reklama shartnomasi ortidan keladigan pullarni sarflaydi.
Krishtianu Ronaldu
Yillik daromadi: 93 million dollar
Kasbi: Sportchi
Yoshi: 32
Real Madrid yulduzi 2016 yilning oxirida o‘z shartnomasini uzaytirdi va o‘zini yillik 50 million dollar stavka bilan ta'minladi. Taxminan xuddi shu vaqtda Nike Ronaldu bilan milliard dollarlik summaga bir umrlik reklama shartnomasini imzoladi.
Dreyk
Yillik daromad: 94 million dollar
Kasb: Musiqachi
Yosh: 31
Amerikalik reper o‘tgan yili naq ikki kuchli turni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi - Summer Sixteen va Boy Meets World, bu esa uning moliyaviy holatini sezilarli darajada yaxshiladi. Umuman olganda, Dreyk dunyoning eng striming rep-artisti hisoblanadi - onlayn unga juda yaxshi daromad keltiradi. Boz ustiga, Dreyk Apple, Sprite va Nike kompaniyalari bilan bir necha shartnoma imzoladi.
Joan Rouling
Yillik daromad: 95 million dollar
Kasbi: yozuvchi
Yoshi: 52
Mashhur "Harri Potter" muallifi 20 yil avval dunyo yuzini ko‘rgan loyihasidan hanuz dividendlar oladi. Franshizaning navbatdagi qismi "Fantastik yirtqichlar va ular yashovchi makon" 812 million dollar foyda keltirdi. Bu esa sehrgarlar tarixi hali uzoq davom etishini bildiradi.
Beyonse Noulz
Yillik daromadi: 105 million dollar
Kasbi: Musiqachi
Yoshi: 36
Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Beyonse birgina Formation World Tour uchun taxminan 250 million dollar ishlab olgan. Bundan tashqari, Tidal oqim servisining salmoqli ulushi qo‘shiqchiga tegishli, u yerga juda katta pullar sarmoya qilinadi.
Shon Kombs
Yillik daromad: 130 million dollar
Kasbi: Musiqachi
Yoshi: 48
Pi Diddi nafaqat musiqiy bilimi, balki tadbirkorlik dahosi ekani bilan ham mashhur. U o‘zining liboslar kolleksiyasi sotuvidan jahon bo‘ylab uyushtiradigan turlariga nisbatan ancha ko‘p pul topadi. Bunga Ciroc elita arog‘i ishlab chiqaruvchilari bilan tuzgan ko‘p millionlik shartnomasini qo‘shsak, qarabsizki, qarshingizda dunyoning eng badavlat musiqachisi!
Mavzuga oid
19:23 / 16.01.2026
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
17:56 / 16.01.2026
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
07:36 / 15.01.2026