Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi ikki hudud — Navoiy viloyati (118,8 trln so‘m) va Toshkent viloyati (57,6 trln so‘m) hisoblanadi. Ushbu ikki hudud hissasi jami ishlab chiqarish hajmining taxminan 85,3 foizini tashkil etgan.
Reytingda keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri — 20,8 trln so‘m, Samarqand viloyati — 6,1 trln so‘m, Namangan viloyati — 1,1 trln so‘m qayd etilgan. Qolgan hududlarda metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi asosan mlrd so‘m miqyosida bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Navoiy viloyati — 118,8 trln so‘m;
- Toshkent viloyati — 57,6 trln so‘m;
- Toshkent shahri — 20,8 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 6,1 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 1,1 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 937,4 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 340 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati — 300,2 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 283,3 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 204,1 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 190,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 128,8 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 63,5 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 36,9 mlrd so‘m.
Shu tariqa, 2025 yil 11 oy yakuni bo‘yicha metallurgiya sanoatidagi asosiy ishlab chiqarish quvvatlari va hajmlar Navoiy–Toshkent iqtisodiy yo‘nalishida jamlangani kuzatilmoqda.










