Bir neça kun oldin tahririyatga bir guruh yoşlar murojaat bilan kelişdi. Ularning aytişiça, 2019 yilda «NCUK foundation» (NCUK – Britaniyaning şimoliy universitetlari konsorsiumi) dasturi böyiça ta'lim beradigan «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta'lim muassasasiga 7 ming AQŞ dollari tölab, 6 oylik dastur böyiça öqişni boşlaşgan.

Öziga xos katta tantana bilan taşkil etilgan oçiliş marosimida Buyuk Britaniyaning öşa paytdagi elçisi Kristofer Allan, Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari Gulçehra Rixsiyeva, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Murodullo Xolmuxamedov, Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkatbek Irgaşev, Yoşlar ittifoqi raisining amaldagi raisi (u vaqtda birinçi örinbosar) Alişer Sa'dullayev hamda Xalq ta'limi vazirligi vakillarining iştirok etgani, bu tadbirlar esa mahalliy televideniye va boşqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgani yoşlarning uşbu loyihaga qiziqişi yanada ortişiga sabab bölgan.

Ma'lumot uçun, «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» öz faoliyatini 2019 yil yanvar oyidan boşlagan. Fuqaro Feruza Omonova uşbu nodavlat ta'lim muassasasining direktori lavozimida işlagan va muassasaning taşkil bölişida bevosita boş-qoş bölgan. Aziz Hamidov esa özini regional direktor deb atagan.

Ta'lim muassasasi tomonidan öquvçilarga bu dastur – universitet oldi tayyorgarlik dasturi ekani, bu ta'lim muassasanini bitirib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgan öquvçilar Buyuk Britaniya, AQŞ, Avstraliya va Irlandiya davlatlaridagi universitetlardan taşqari, Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti va Xalqaro Vestminster universitetiga ikkinçi kursdan, heç qanday imtihonlarsiz qabul qilinişi haqida ma'lumotlar berilgan.

Tahririyatga şikoyat bilan kelgan abituriyentlar ta'lim muassasasiga qabul jarayonida mutassaddilar tomonidan aldov işlatilgani, darslar juda tez ötilgani sababli köp mavzularga tuşuna olişmagani, yakuniy imtihon vaqtida ötilmagan mavzulardan ham savollar tuşgani, imtihondan esa deyarli barça öquvçilar yiqilgani, qolaversa imtihon varaqalarini körişga ruxsat bölmagani va apellyatsiya topşiriş imkoni ham berilmaganini ma'lum qilişdi. Öquvçilarning dardini tinglagaç, ta'lim muassasasida bölib, Aziz Hamidovning özidan izoh oldik.

Uning aytişiça, ta'lim muassasasi olgan litsenziya faqatgina maktabdan taşqari ta'lim beriş huquqini berar ekan.