Vazir: «Nodavlat umumta'lim muassasalarida o‘quvchilar soni ortishi davlat budjetiga tushadigan yukni kamaytiradi»
26 yanvar kuni Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi.

Unda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov nodavlat umumta'lim muassasalari tashkil etish bo‘yicha Senatga taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«O‘zbekistonning aholi zich joylashgan hududlarida umumta'lim maktablarining yuklanganlik koeffitsiyenti 2 va undan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha umumta'lim maktablarini tashkil etishga ehtiyoj mavjud.
Ushbu hududlarning shahar va tuman markazlarida joylashgan foydalanilmasdan bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiy tadbirkorlarga nodavlat umumta'lim muassasalarini tashkil etish uchun ajratish kerak», – dedi vazir.
Sherzod Shermatovning ta'kidlashicha, prezident farmoni bilan nodavlat umumta'lim muassasalariga berish uchun bo‘sh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bo‘lmagan) ro‘yxatini tasdiqlash va ulardan foydalanish huquqini «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish belgilangan.
Ammo bugungi kunga qadar shu farmon ijrosi bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan birorta ham yer uchastkalari xususiy tadbirkorlarga ajratilmagan.
«Xususiy tadbirkorlarga bo‘sh yer uchastkalarini nodavlat umumta'lim muassasasi tashkil etish maqsadida ajratish orqali, hududlardagi to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan aholi qatlamiga o‘z farzandlarini nodavlat umumta'lim muassasalariga berish imkoniyati yaratiladi va umumta'lim maktablarining yuklanganlik koeffitsiyentini pasaytirishga erishiladi.
Natijada, nodavlat umumta'lim muassasalariga qamrab olingan o‘quvchilar sonining ortishi, kelgusida Davlat budjetiga tushadigan yukning kamayishiga olib keladi», – dedi Xalq ta'limi vaziri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy obektlariga hujum boshlagan Isroil, Hindistonda dahshatli aviahalokat va Xitoy bilan kelishgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 13:54
-
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»
Jahon | 13:38
-
Starmer Shimoliy Irlandiyadagi ruminlarga qarshi tartibsizliklarni qoraladi
Jahon | 12:41
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

14:25 / 27.12.2024
Oliy ta’lim kengashi nodavlat OTMlardan pul so‘rayapti. Huquqshunoslar buni qonunchilikka zid deb atadi

14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi

18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi

09:05 / 15.03.2024