Uzbekistan Airways qişki ta’til oldidan talabalar uçun çegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
«Uzbekistan Airways örta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun barça mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviaçiptalari tariflariga 50 foizgaça çegirma e’lon qildi», deyiladi xabarda.
Çegirma 2024 yil 23 dekabrdan boşlab 2025 yil 7 yanvariga qadar amalga oşiriladigan aviaqatnovlar uçun amal qiladi.
Aviaçiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qiliş mumkin. Buning uçun davlat muassasasida öqişni tasdiqlovçi hujjat talab qilinadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruği bilan oliy ta’lim taşkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar öquvçilariga 2024/25-öquv yili uçun beriladigan qişki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan boşlanadi va 2025 yilning 7 yanvariga qadar (şu kuni ham) davom etadi.

















