Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO qo‘shinlarni Rossiya chegarasiga ko‘chirishga ketadigan vaqtni minimumgacha qisqartirmoqchi
Hozirda buning uchun (nazariy jihatdan) bir yarim oy vaqt talab qilinadi. Endi alyans mamlakatlari bu muddatni uch-besh kungacha tushirmoqchi, deya xabar bermoqda Financial Times.
Foto: Robert Hegedus / EPA / Scanpix / LETA
Yevropa Ittifoqi rasmiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, NATO qo‘shinlari va texnikasini G‘arbiy Yevropaning strategik portlaridan Rossiya va Ukraina bilan chegaradosh sharqiy qanotga o‘tkazish uchun taxminan 45 kun kerak bo‘ladi.
Financial Times gazetasi yozishicha, 19 noyabr kuni YeI rasmiylari NATO davlatlarining «harbiy mobilligi bo‘yicha yangi taklifni taqdim etish niyatida. Nashr manbalariga ko‘ra, maqsad qo‘shinlarni Yevropa g‘arbidan sharqiga olib o‘tish vaqtini uch-besh kungacha qisqartirishdir.
Germaniyani ushbu operatsiyaga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan nemis general-leytenanti Aleksandr Zolfrank jurnalistlar bilan muloqotda har bir element «Shveytsariya soati kabi» ishlashi kerakligini aytgan. Ushbu harbiy maqsad Moskvaga kuchli tiyib turish signalini yuborish ekanini ta’kidladi: «Biz siz nimani o‘ylayotganingizdan xabardormiz va biz bunga tayyormiz. Qarang, biz shu yerdamiz».
FT qayd etishicha, qo‘shinlarni olib o‘tish marshrutlari, shuningdek, olib o‘tilishi mumkin bo‘lan harbiylar soni maxfiylashtirilgan. Ammo NATO diplomatlari tahlilchilarning AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyadan Yevropa orqali 200 mingga yaqin harbiy, 1500 ga yaqin tank hamda boshqa turdagi 2500 dan ortiq zirhli texnikalar olib o‘tilishi haqidagi taxminlarini «umuman olganda to‘g‘ri» raqamlar deb baholagan.
Harbiy tashuvlarni amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bir qator logistika muammolarini bartaraf etishi kerak. Masalan, Estoniya, Latviya va Litva Boltiqbo‘yi mamlakatlarini Yevropa temiryo‘l tarmog‘iga integratsiya qilishga qaratilgan Rail Baltica loyihasini amalga oshirmoqda – u harbiy harakatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va yirik bo‘lmagan yuklarni tashishni nazarda tutadi. Shuningdek, Yevropa yo‘l tarmog‘ida, ayniqsa, NATO qo‘shinlarini ko‘chirish rejasini amalga oshirishda markaziy rol o‘ynaydigan Germaniyada katta ishlar bajarilishi kerak.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda transport infratuzilmasining modernizatsiyaga o‘ta muhtoj bo‘lgan 2800 ga yaqin «qaynoq nuqtalar» aniqlangan. Biroq Bryusseldagi rasmiylar bu ro‘yxatni 500 tagacha qisqartirdi.
Yevropa Ittifoqi hukumati armiyalar va qurollarning harakatlanishini tartibga soluvchi tarqoq qoidalarni standartlashtirishi kerak bo‘lgan «harbiy Shengen» ustida ham ishlamoqda. Hozir, tinchlik davridagi tartibga ko‘ra, armiya qo‘mondonlari kesib o‘tilayotgan mamlakatlarning har birida turli bojxona qoidalari va mehnat qonunchiligiga rioya qilishi talab etiladi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yaqinda bergan intervyusida Rossiya 2029 yilda, balki 2028 yildan NATO bilan urush boshlashi mumkinligini aytgandi. Kremlning eng ehtimoliy nishoni Boltiqbo‘yi mamlakatlari hisoblanadi: Estoniya, Latviya, Litva. Vladimir Putin esa o‘z chiqishlarida Rossiya NATOga hujum qilishni rejalashtirmayotgani haqida bir necha bor gapirgan.
2022 yil yozida Estoniya hukumati NATOning Boltiqbo‘yini himoya qilish rejasi uch davlat Rossiya tomonidan tezda bosib olinishi va 180 kundan keyingina ozod qilinishi mumkinligini nazarda tutishini aytgandi. Bu vaqt ichida Estoniya «xaritadan o‘chiriladi», degandi mamlakatning o‘sha paytdagi bosh vaziri Kaya Kallas.
Mavzuga oid
23:24 / 01.04.2026
«Aslo unutmaymiz» - Amerika NATOda yakkalanib qoldi
12:44 / 01.04.2026
Rubio: AQSh NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi
09:14 / 27.03.2026
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqda
12:00 / 24.03.2026