Toshkentda uy qurmoqchi bo‘lgan tadbirkordan 300 ming dollar talab qilgan DUK xodimi ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahrida firibgarlik holatiga chek qo‘yildi.
“Yunusobod business city tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, Yunusobod business city tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, markaz hududidagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida, muqaddam tadbirkor tomonidan direksiya hisobiga 22 mlrd so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazib berilgan.
Direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.
Hozirda holat yuzasidan direksiya xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
15:51
Davlat sirlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Nimalar ko‘zda tutilgan?
16:18 / 10.12.2024
Suriyadagi urushda qatnashib, vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlik shaxs qidiruvda ekani ma’lum qilindi
12:38 / 25.11.2024
Bosh vazir yordamchisi va uning DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan akasi ishdan olindi
15:44 / 24.11.2024