Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd yuzasidan ötkazilayotgan tekşiruvlar doirasida yana ikki amaldor işdan olingani oydinlaşdi.

Boş vazir matbuot kotibining xabar berişiça, Aşurov Sarvar Ğaniyeviç boş vazirning yordamçisi – boş vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilingan. Uning örniga Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining örinbosari – bölim boşliği lavozimida işlab kelgan Şuhrat Ibragimov tayinlangan.

Kun.uz manbasiga köra, Sarvar Aşurovning Davlat xavfsizlik xizmati Içki xavfsizlik boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan akasi polkovnik Aşurov Alijon Ğaniyeviç ham işdan böşatilgan.

Ular Allamjonovga qilingan suiqasd işini foş etişga tösqinlik qilgani aytilmoqda.

Avvalroq uşbu jinoyat işi böyiça olib borilayotgan tergovga boğliq holatda DXX raisi Abdusalom Azizov, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boşliği Ahrorjon Adhamov, Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev hamda Toşkent şahar IIBB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi boşliği Timur Sobirov ham işdan olingan edi.