Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov işdan böşatilganini tasdiqladi.
“Abdusalom Abdumavlonoviç Azizov Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyati ixtiyoriga ötkazildi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, prezidentning alohida farmonlari bilan, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi lavozimiga ötkazilgan. Mudofaa vaziri lavozimiga esa Şuhrat Xolmuhammedov tayinlangan. U bungaça mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Boş ştabi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Bayonotda Azizovning işdan olinişi sababiga aniqlik kiritilmagan. Eslatib ötamiz, bu – Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasd doirasida ötkazilayotgan tekşiruvlar bilan boğliqligi aytilmoqda.
64 yoşli Abdusalom Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy ötib Ixtiyor Abdullayev örniga DXX raisi etib tayinlangan edi.
















