O‘zbekiston | 09:00 / 17.05.2021
22189
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi doirasida Xo‘jandga ham boradi - OAV

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yil 10-12 iyun kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida uning Xo‘jand shahriga borishi ham mo‘ljallangan. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xo‘jandga Shavkat Mirziyoyev bilan birga Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham boradi.

Dushanbeda muzokaralar o‘tkazilib, 30dan ortiq hukumatlararo bitimlar imzolanganidan so‘ng, ikki mamlakat rahbarlari So‘g‘d viloyati ma'muriy markaziga borishi kutilmoqda.

“Shavkat Mirziyoyev So‘g‘d viloyatining savdo-iqtisodiy salohiyati bilan tanishmoqchi, u bir qator sanoat korxonalari va madaniy-tarixiy joylarni ziyorat qiladi”, deyiladi xabarda.

So‘g‘d va O‘zbekistonning qo‘shni viloyatlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish masalalarini viloyat rahbariyati bilan muhokama qilish ham rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, 15 may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Qohir Rasulzoda raisligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berishicha, O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo hajmini yanada oshirish imkoniyatlari, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, tog‘-kon va elektrotexnika sanoati, energetika, transport sohalarida hamkorlik ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va kelgusi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari aks etgan bayonnoma imzolandi.

Shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi doirasida bir qator sanoat korxonalariga ham bordi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 