Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
«Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning «An-Nahda» ordeni bilan taqdirlanishi – O‘zbekiston siyosati butun dunyoga namuna darajasida ketayotganidan dalolatdir», dedi Musulmonlar idorasi raisi, shayx Nuriddin Xoliqnazar. Muftiyning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston yaqingacha yopiq bir davlat sifatida turgan va bu narsalarni unutmaslik kerak.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim o‘rnatilishi ma’lum qilindi. Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn prezident Shavkat Mirziyoyevni qirollikning «An-Nahda» ordeni bilan taqdirladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar ushbu tashrifning ahamiyati haqida so‘z yuritdi:
«Samarqandda juda ham katta bir tarixiy uchrashuv bo‘ldi, yana bir xursandchilik — prezidentimiz Iordaniyaning eng yuksak, eng oliy ordeni bo‘lgan «An-Nahda» ordeni bilan mukofotlandi. Bu orden nihoyatda yuksak ahamiyatga ega va yuksak e’tiborli insonlarga beriladigan orden», deydi muftiy.
Muftiyning aytishicha, bu O‘zbekistonning siyosati butun dunyoga namuna bo‘ladigan bir darajada ketayotganidan dalolat beradi.
«Xususan, prezidentimiz tashabbusi bilan nafaqat bizning ichki siyosatimiz yoki O‘zbekiston ichidagi islohotlar, balki qo‘shni davlatlar bilan, qo‘shni diyorlar bilan bo‘layotgan siyosatda ham islohotlarga guvoh bo‘lyapmiz. Oldin qanday edi-yu, hozir qandayligini hamma ko‘rib, baho berib turibdi.
Tan olishimiz kerak, davlatimiz yaqingacha – uzoq tarix emas, mana shu o‘ttiz yillikni olib turaylik, yopiq bir davlat sifatida turganmiz. Bugun mana bu narsalarni unutmaslik kerak. Bugun qo‘shni davlatlarga bemalol chiqib-kirishimiz, ular bilan aloqalarimizning kundan kun rivojlanib borayotganini ko‘ryapmiz. Endi nafaqat qo‘shni, balki uzoq davlatlar, ayniqsa, Yaqin Sharq va arab davlatlari bilan bo‘layotgan munosabatlar, diplomatik aloqalarning yana ham yuksakka ko‘tarilishida, albatta, muhtaram prezidentimizning siyosiy irodalari, uzoqni ko‘ra bilishlari namuna bo‘lyapti. O‘sha uzoqni ko‘ra bilishlari orqali bu islohotlar amalga oshirilyapti», dedi shayx Nuriddin Xoliqnazar.
Uning aytishicha, Iordaniya din nuqtai nazaridan bizga juda yaqin, shu bilan birga musulmon davlatlar ichida o‘zining nufuziga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi.
«Muhtaram prezidentimiz mana, arab davlatlari bilan aloqalarni yaxshiladi, kuchaytirdi. Birlashgan Arab Amirligi, Saudiya Arabistoni, hamma davlatlar bilan go‘zal bir aloqalar bo‘lyapti. Bu nafaqat iqtisodiy yoki diplomatik, siyosiy aloqa, balki diniy, ma’rifiy sohadagi aloqalarimizning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu orden, albatta, nafaqat davlatimiz rahbariga, balki butun o‘zbek xalqiga berilgan orden. Bugun O‘zbekiston liderining dunyo miqyosidagi siyosatda o‘z mavqeyini topgani nishonasi bo‘ladi», deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
18:19 / 27.08.2025