Profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan hukm o‘qildi
Shu yilning 11 mart kuni haydovchi A.Y. Mingbuloq tumani, “O‘rtaqishloq” MFY hududida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan transport vositasini mast holda boshqargani aniqlangan.
Aniqlanishicha, haydovchi Mingbuloq tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan narkologiya tekshiruvidan o‘tkazilgan va avtomashina jarima maydoniga olib borilgan. Ma'muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirish uchun tuman IIB YHXG inspektoriga topshirilgan.
Shundan so‘ng, haydovchi A.Y. tuman IIB HPB profilaktika katta inspektoriga avtomashinani jarima maydonidan chiqarish va ma'muriy huquqbuzarlik bayonnomasini rasmiylashtirmaslik evaziga 200 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i berishni taklif qilgan.
A.Y. 2021 yil 12 mart kuni profilaktika katta inspektorining xizmat xonasi oldida taklif qilgan puldan 1.050.000 so‘mini bergan vaqtida huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, haydovchi A.Y O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Ashyoviy dalil deb e'tirof etilgan 1.050.000 so‘m pulni davlat foydasiga musodara qilish belgilandi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
13:39 / 08.12.2024
Avtohalokat tufayli kelib chiqqan mojaro bir inson umriga zomin bo‘ldi
19:25 / 02.12.2024