Farğona viloyatining Beşariq tumanida faoliyati töxtatilgan mineral öğitlar ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi işlab çiqariş kooperativi (IÇK)ga biriktirilgan sud boşqaruvçisi yordamçisi MÇJga tegişli 1 mlrd 502 mln söm miqdoridagi haqdan 300 mln sömini undirib beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda u 48 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.