O‘zbekiston | 19:10 / 24.09.2018
9089
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tibbiyot akademiyasida magistraturaning yangi yo‘nalishlari ochiladi 

Foto: tma.uz

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida magistraturaning «Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash» va «Jamiyat ovqatlanishi» yangi yo‘nalishlari ochiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori loyihasida aytilgan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari tegishli taklif bilan chiqqan.

Shuningdek, barcha davlat organlari va tashkilotlarida haftada bir kun «Salomatlik kuni» o‘tkaziladi. Unda barcha xodimlarning sport tadbirlarida ishtirok etishi majburiy bo‘ladi.

Musobaqalar tashkil etiladigan sport turlari orasida yugurish, suzish, futbol, voleybol, basketbol, tennis va boshqalar bor. 

Mavzuga oid