Sport | 19:41 / 15.08.2017
18831
2 daqiqa o‘qiladi

«Sen nima istaysan?». Messi Neymar «Barselona»da qolishi uchun unga ko‘p narsa va'da qilgandi

«Barselona» hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares Neymarni «PSJ»ga o‘tish fikridan qaytarish uchun jiddiy harakat qilgan. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda. 

Ispan nashrida yozilishicha 23 iyul kuni Nyu-Jyersi shahrida o‘tkazilgan «Barselona» — «Yuventus» uchrashuvidan bir kun oldin kataloniyaliklar klubi futbolchilari uchrashib, Neymarning kelajagini muhokama qilishgan.

«Sen nima istaysan? «Oltin to‘p»? Men senga «Oltin to‘p» olishingda yordam beraman», — degan Messi Neymarga.

Bu muloqot bo‘lib o‘tgan kunning ertasiga «Yuventus»ga qarshi kechgan uchrashuvda Messi Neymarga o‘ynagan, u imkon qadar Neymarni ko‘proq pas bilan ta'minlashga harakat qilgan. O‘sha kungi o‘yinda Neymar ikkita gol urgan, gollardan biriga Messi hammualliflik qilgan. Uchrashuv «Barselona»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan, Neymar o‘yin qahramoniga aylangan.

Lekin Messi va Suaresning sa'y-harakatlariga qaramasdan, Neymar «Barselona»dan ketishga va «PSJ»ga o‘tishga qaror qilgan. U 3 avgust kuni Parijda yangi jamoasi tomonidan tanishtirildi.

Mavzuga oid