Toshkentda narkolaboratoriyadan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik moddalari topildi
IIV va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs bir nechta manzilda sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning Mirobod tumanida sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga poytaxt IIBB Axborot-multimedia markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida jinoyat qidiruv boshqarmasi — tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida qo‘lga olingan shaxs bir nechta manzilda joylashgan giyohvandlik moddalar laboratoriyasidan foydalanib, sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Ana shunday manzillardan biri Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida aniqlangan.
Shuningdek, fuqaroning Toshkent viloyatida joylashgan xonadoni ko‘zdan kechirilganida sintetik giyohvandlik vositalari, turli xil konteynerlar, qo‘lqoplar, tarozi, gazga qarshi niqoblar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Shu kuni birinchi laboratoriyadan 4,8 kilogramm, ikkinchi xonadondan qariyb 10 kilogramm, jami 14 kilogramm 795 gramm umumiy narxi taxminan 1 million dollarga teng sintetik giyohvandlik vositasi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Ashyoviy dalillar Toshkent shahar IIBB EKM tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan. Markaz xulosasiga ko‘ra, olingan moddalarning barchasi sintetik giyohvandlik moddalar ekani o‘z tasdig‘ini topgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024