Jahon | 07:51 / 29.07.2019
4493
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada anonim onlayn to‘lovlar taqiqlanishi mumkin

Foto: Maksim Stulov / Vedomosti / TASS

Rossiyada onlayn elektron hamyonlarni anonim tarzda to‘ldirish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda RBK nashri xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, gap «QIWI Koshelek», «Yandeks.Dengi», WebMoney, PayPal va boshqa shu kabi tizimlar haqida bormoqda. Endilikda, foydalanuvchilar dastlab o‘z shaxsiga oydinlik kiritadi, shundan so‘nggina elektron hamyonlarga pul o‘tkaza olishadi. 

Bunday qat'iy choralar onlayn-to‘lovlar yordamida terrorizmni moliyalashtirish yoki giyohvandlikni tarqatishda keng foydalanish ehtimoli bilan izohlanmoqda. 

O‘z navbatida, yangilik to‘lovchining shaxsini tasdiqlash yoki shubhali pul o‘tkazma amaliyotini to‘sib qo‘yishga imkon beradi. 

Mavzuga oid