Tongda soat 8 ga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan 6 narsa
Boyo‘g‘li yoki so‘fito‘rg‘ay ekaningiz muhim emas. To‘g‘ri o‘tkazilgan tong – yaxshi va unumdor kun garovidir. U ana shunday bo‘lishi uchun bari kechki payt rejalashtirilishi kerak. Axir rejasiz erta turgach, to‘shakda qolishda davom etishingiz ehtimoli katta. Bundan tashqari, agar kech uxlab, erta tursangiz, kuningiz unumli bo‘lmaydi. Axir to‘yib uxlamaslik miya funksiyalarini pasaytiradi.
Hech bo‘lmaganda 10 daqiqa o‘zingiz bilan vaqt o‘tkazing
Erta turishning katta foydasi – yolg‘izlikda bo‘lish imkoniyati. Hatto bir o‘zingiz yashamasangiz ham uydagilardan vaqtliroq turib, o‘zingizga hech bo‘lmaganda 10-30 daqiqa ajrata olasiz. Bu xotirjam bo‘lish, unumli kunga sozlanish, bir finjon choy va qahva ichishning ayni vaqti.
Bir stakan suv iching
Albatta, bu tavsiya istalgan vaqt uchun dolzarb. Biroq tongda juda muhim, chunki uyqu vaqtida organizm suv miqdorini yo‘qotadi. Uni zudlik bilan to‘ldirish zarur.
Badantarbiya qiling
Qiyin jismoniy mashqlar bo‘lishi shart emas. Aksincha, cho‘ziling, qisqa tortilishlar qiling. Bundan tashqari, mashqlar miyani yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.
Uzoq muddatli ishlar bilan shug‘ullaning
Masalan, ingliz tilini mukammal darajada bilishni istaysiz. Ertalabda Coursera yoki TED’dagi videolarni tomosha qiling. Hatto 15 daqiqa ham sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi.
«Qurbaqani yeng»
Albatta, bu metafora qo‘llangan nom. Tongda sizdan maksimal harakat talab etadigan ishlarni bajarish lozim. Agar ertalab buni uddalasangiz, demak boshqa maqsadlarni ham bajara olasiz. Bundan tashqari, iroda shunday resurski, kechga borib, u talab etiladigan ishlarni bajarish qiyinroq bo‘ladi.
Sovuq dush qabul qiling
Yoki kontrast. Bu sizni tetiklantirib, quvvatga to‘ldiradi. Ayniqsa, qiyin bo‘lmagan jismoniy mashqlar bilan birgalikda yaxshi natija beradi.
Mavzuga oid
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:19 / 13.11.2024
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024