Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 26 aprel kuni Vatikanda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan qisqa muddatli uçraşuv çoğida undan Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş böyiça muzokaralardan çiqmaslikni söragan, deb xabar berdi The Economist naşrining Ukrainadagi manbalari.

Manbalarga köra, Zelenskiy ajratilgan 15 daqiqadan öz pozitsiyasini yetkaziş uçun foydalangan: Ukraina sözsiz öt oçişni töxtatişga tayyor, Rossiya esa – yöq, ammo Tramp buning uçun faqat özi ta’minlay oladigan tinçlikdan voz keçmasligi kerak.

The Economist naşri mualliflari fikriça, Trampning Vatikandagi uçraşuvdan keyin Putinni tanqid qilgan posti uning Zelenskiyning gaplarini töğri qabul qilganidan dalolat beradi. «Uning Putinga „laqillatgani“ uçun namoyişkorona tanbeh berişi bugungi kundagi eng keskin tanbeh böldi», – deb yozadi naşr.

Axios manbasi ham Vatikandagi uçraşuv tafsilotlari haqida gapirib, suhbat çoğida Zelenskiy Trampni Putinga nisbatan qat’iyroq pozitsiyani egallaşga hamda öt oçişni töxtatiş masalasini ustuvor vazifa qilib qöyişga çaqirgan.

Naşrning yozişiça, Vatikandagi uçraşuv Fransiya iştirokida taşkil etilgan. Ukraina muzokaralar bölişi haqida sönggi daqiqalarda tasdiqlangan xabar olgan. Şu bilan birga, Zelenskiyning maslahatçilari Tramp bilan uçraşiş töğri bölişi haqida yakdil fikrda bölmagan. Ulardan ayrimlari – «hali ham Oval kabinetda 28 fevral kuni röy bergan voqealarni unuta olmaganlar» – Zelenskiyga bu töğri ğoya ekaniga işonçi komil emasligini bildirgan.

Axios manbalaridan birining sözlariga köra, heç narsa oldindan kelişib olinmagan, avvaliga Zelenskiy va Tramp Rim papasi Fransisk dafn etilganidan keyin uçraşişi taxmin qilingan. Yakunda ular Avliyo Pyotr soborining özida «özaro töqnaş kelişgan» va gaplaşib olişgan.

Zelenskiy Trampga agar Tramp kuçliroq bosim ötkazmasa, Putin qilt etmasligini aytdi, deya ta’kidlaydi naşr suhbatdoşlari. AQŞ prezidenti bunga javoban Rossiya prezidentiga munosabatini özgartirişga töğri kelişi mumkinligini aytgan. Axios suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Tramp, aftidan, tinçlik muzokaralarining boşlanğiç nuqtasi sifatida öt oçişni töxtatiş taklifi muhokamasiga qaytişga rozi bölgan.

Zelenskiy uçraşuvda Ukraina Qrimni Rossiyaga tegişli deb tan olmasligini takrorlagan, Tramp esa undan buni söramayotganini bildirgan. Vaşington taklif qilgan tinçlik rejasiga köra, AQŞ 2014 yilda anneksiya qilingan yarimorol ustidan RF nazoratini tan oladi.