Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya samarador texnologiyalar uchun xarajatlarning bir qismi budjetdan to‘lab beriladi
Foto: Getty Images
Siz xonadoningizga yoki zavod fabrikangizga quyosh paneli singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatdingizmi, davlat qilgan xarajatlaringizning bir qismini qoplab beradi. Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasi energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplashga doir nizomni tasdiqladi. Kompensatsiya mablag‘lari davlat budjetidan qoplanishi belgilandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Nizomda energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratish tartibi belgilangan.
Unga muvofiq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
- jismoniy shaxslarga – quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlari;
- jismoniy va yuridik shaxslarga – qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga olingan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari.
Nizom talablari 2020 yil 1 yanvardan boshlab o‘z mablag‘i hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va o‘rnatgan jismoniy shaxslarga, shuningdek tijorat banklari kreditlari asosida xarid qilgan va o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Kompensatsiya Davlat budjeti hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30%i miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 mln so‘mdan;
- quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 mln so‘mdan;
- energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
b) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
- jismoniy shaxslarga – 500 mln so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – MBning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- yuridik shaxslarga – 5 mlrd so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – MBning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan mikdorda.
Kompensatsiya jismoniy va yuridik shaxsning xohishiga ko‘ra xarajatlarning faqat bitta turi bo‘yicha ajratiladi. Kompensatsiya to‘lash tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
12:15 / 13.12.2025
“Sun’iy quyoshdan toza energiya olmoqchimiz” – Xitoydagi “Ilm oroli”da ishlayotgan o‘zbek tadqiqotchisi
20:44 / 28.09.2025
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
16:02 / 19.05.2025