Jamiyat | 00:35 / 24.03.2017
15549
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar tizimi “Aqlli shahar” deb nomlanadi

Toshkent shahrining 115ta chorrahasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etish va jarimalar yozish amaliyoti 15 martdan sinov tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu chorrahalarga o‘rnatilgan 883 kamera tunu-kun uzluksiz qoidabuzarliklarni qayd etib kelmoqda. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l xarakati boshqarmasi jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi videokuzatuv operatori Akmal Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kameralar tizimi “Aqlli shahar” (inglizchasiga “City mind”) deb nomlangan bo‘lib, ular yordamida nafaqat yo‘l harakati chog‘ida transport vositalarining qoidabuzarliklari, balki chorraha atrofidagi turli xil hodisalarni ham aniqlash va uni zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid