Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori: Farg‘onada anor yetishtirish ko‘paytiriladi
Foto: bestgeneric.ru
Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida anor yetishtirishni ko‘paytirish va sohani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda anor yetishtiruvchi tashkilotlarning Farg‘ona viloyatida anor ko‘chatlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish maqsadida “Anor yetishtiruvchilar” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilangan:
anorchilik sohasini rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida uyushmaning filiallarini ochish, ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektor vakillariga ko‘maklashish;
sohani kompleks rivojlantirishda ishtirok etish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
yer maydonlaridan samarali foydalanish, resurs tejaydigan intensiv texnologiyalarni qo‘llagan holda anorzorlar barpo etish, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, uni qayta ishlash va eksport qilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
anor yetishtirish jarayonlariga xorijiy investitsiyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda maslahatchilarni faol jalb qilish, ularning tajribalarini o‘rganish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish;
sifatli eksportbop anor ko‘chatlarini ko‘paytirish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlarini tashkil etish;
anor yetishtirish, uni qayta ishlash va eksportga yetkazib berish jarayonlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
anorzorlarda mavsum davomida agrotexnika tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlarini o‘qitish uchun anorchilik maktabini tashkil etgan holda maxsus o‘quv-tayyorlov kurslarini tashkil etish;
yangi anorzorlar tashkil etish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari hisob- kitobini yuritish.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatidagi “Farg‘ona anorchilik” va “Mindonobod agrosanoat” agrofirmalari, “Farg‘onaazot” AJ, “Mastona” AJ, “Agro sifat logistika” MChJ, “Agro servis aziya” MChJ, anor ko‘chatchiligi va eksporta bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, anor yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa tashkilotlar Uyushma muassislari hisoblanadi;
fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a'zo bo‘lishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egalar;
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Shuningdek, Uyushma tarkibida Anorchilik ilmiy-innovatsion markazi tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash taklifiga rozilik berildi:
innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maxsus ko‘chatchilik laboratoriyasini tashkil etish, ushbu laboratoriyada anorning mahalliy serhosil, virusdan holi bo‘lgan sog‘lom, kasallikka, qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli, jahon andozalariga mos va urug‘siz anor ko‘chatlarining yangi navlarini yaratish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan eksportbop yangi navlarni rayonlashtirish;
anorzorlar qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ko‘chatlarni ekish sxemasi, parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish va mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yuqori hosil olish masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
anor ko‘chatlarini ekish, parvarishlash, yetishtirish, yig‘ishtirib olish hamda ularni qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha har yili mavsumda joylarda ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar o‘tkazish;
ko‘chatlarni ekish va agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘chat yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
yetishtirilgan anor ko‘chatlarini fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholining shaxsiy tomorqalari uchun sotishni yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026