Qashqadaryoda eshak so‘yib sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi. Ular bu ish bilan avvaldan shug‘ullanib kelgan bo‘lishi mumkin
Qarshi shahridagi xonadonlarning biridan 20 bosh eshak va yana ancha eshak go‘shti topilgan. Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, eshaklar so‘yib sotish maqsadida olib kelingan va so‘yilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qarshi shahar IIO FMB xodimlarining tezkor sa'y-harakatlari natijasida, Qarshi shahar «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi X.Sh.ning xonadonida fuqaro X.J. eshak so‘yayotgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu xonadonda bo‘g‘izlangan eshaklar va ularning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak go‘shti deb gumonlangan lahm go‘sht borligi aniqlangan. Bundan tashqari, xonadonda 20 bosh tirik eshak ham bo‘lgan.
Surishtiruv davomida ushbu eshaklardan qanday maqsadda foydalanishi haqida fuqaro X.J.dan so‘ralganda, u eshak go‘shtini sotish maqsadida so‘yishini aytgan.
Shundan so‘ng Qarshi shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga olingan lahm go‘sht mahsulotlarining yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. Bo‘limning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan berilgan ekspertiza xulosasida go‘sht mahsulotlari iste'molga yaroqsizligi ma'lum qilingan.
Natijada, olingan lahm go‘sht va terilar belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha ma'lumot e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
13:07 / 09.07.2024