Sönggi kunlarda eşak göşti sotilayotgani bilan boğliq holatlar Özbekistonning turli çekkalarida uçramoqda. Şar'iy tomondan halol hisoblanmaydigan bu mahsulotni mol göşti deya sotilayotgani va odamlar tomonidan bilmay iste'mol qilinayotgani açinarli hol. Toşkent şahrida joylaşgan “Mirzo Yusuf” jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy bu holatga töxtalib ötar ekan, jumladan, şunday dedi:

Nö'mon ibn Başir (r.a) rivoyat qilgan "Muttafaqun alayh" hadisida şunday deyiladi: “Rasul alayhissalomning şunday deyayotganlarini eşitdim: “Darhaqiqat, halol narsalar oçiq-oydindir, harom narsalar ham oçiq-oydindir. U ikkisining örtasida esa şubhali narsalar borki, ularni köpçilik bilmaydi. Kim ana şunday şubhali narsalardan özini ehtiyot qilsa, dinini va obrösini pokiza asrab qoladi. Ammo kim şubhali narsalarga öralaşib qolsa, haromga ham tuşib qoladi. 

Buning misoli birovning qörğoni yonida qöylarini ötlatib yurgan çöponga öxşaydi. Uning qöylari sal qolsa, öşa qörğonga kirib ketadi. Ogoh böling, har bir podşohning öz qörğoni bordir. Ogoh böling, Allohning qörğoni uning harom qilib qöygan narsalaridir. Ogoh böling, jasadda bir parça göşt bor, agar u soğlom bölsa butun jasad soğ-salomat böladi. Agar u aynisa butun jasad buziladi. U qalbdir”, dedilar.

Mana şu qalbning örniga böş axlat qutisi bölmasligi kerak ekan. Agar şunday bölsa, qalb örnida böş axlat quti bölsa, inson şu darajada tubanlikka borar ekanki, odamlarga mol göşti deya eşak göştini yedirar ekan. Va şu yöl bilan yillar davomida tap tortmasdan şu işni qilaverarkan. Islom dini bilan suğorilgan xalqimizda eşak ölayotgan vaqt uni halollab olişga harakat qilinmaydi, u ölgaç, göşti hatto itlarga ham berilmaydi, kömib qöya qolişadi. Ammo ular sotişmoqda, harom narsani aldov yöli bilan pullaşmoqda. Ular ham musulmon, musulmonning bolasi. Ota-bobolari ham musulmon bölişgan. Ammo örtada tarbiya yöq bölib qolganligi uçun, ular mana şunday nopok işlarni qilişmoqda.

“Halol standart” degan istilohni köp işlatyapmiz, bu rivojlanib bormoqda. Agar bu islohot yanada kengaysa, köçalarda bemalol ovqatlanadigan bölinadi, har xil nopok narsalar aralaşmagan taomlar iste'moli yölga qöyiladi. Ota-bobolarimiz bekorga köçadan ovqat yema deb aytişmagan ekan. Yuqorida aytganimizdek, “Halol standart” islohotiga jiddiy qaralsa, uni tez yölga qöyilsa barçasi biz uçun, xalqimiz uçun a'lo böladi.