Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida mast holatdagi haydovçi YHX inspektorini piçoqladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga köra, holat joriy yilning 8 iyul kuni Kökdala tumani IIB yöl patrul bölinmasi inspektori mast holda bölgan haydovçiga nisbatan xujjatlarni rasmiylaştirayotgan vaqtida sodir bölgan. Haydovçi yöl patrul inspektorini piçoqlab, voqea joyidan qoçib ketgan. Inspektor şifoxonada vafot etgan. Haydovçi bir neça soatdan söng uşlangan.
Kun.uz holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov bilan boğlandi. Uning ma’lum qilişiça, 8 iyul kuni soat taxminan 19:00lar atrofida Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumani IIB tezkor xodimi tumanning Toqçi qişloği hududidan ötuvçi avtomobil yölida davlat raqami 70 G 364 PA Lacetti maşinasi yuqori tezlikda, harakat iştirokçilariga xavf solgan holda harakatlanib ketayotganligini aniqlagan. U tezkorlik bilan çora köriş maqsadida tuman YHXBga xabar bergan.

Şu yönalişda xizmat olib borayotgan tuman IIB YHXB inspektori katta serjant Elbek Primov tomonidan uşbu maşina töxtatilib, tekşirilgan. Jarayonda haydovçi, 1966 yilda tuğilgan fuqaro S.B. mast ekanligi ayon bölgan. U maşinadan tuşib qoçişga uringan hamda uni ta’qib qilgan inspektor bilan olişa ketgan. Şu vaqtda haydovçi yonida bölgan oşxona piçoğini inspektorga bir neça bor urib, jarohat yetkazgan hamda voqea joyidan yaşiringan.
Katta serjant Elbek Primov şifoxonaga yetkazilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan yetkazilgan oğir jarohatlar ortidan köp qon yöqotiş oqibatida vafot etgan.
Amalga oşirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat sodir etgan fuqaro Kökdala tumani hududida hibsga olingan. Xozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2 qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, burçini bajariş vaqtida xalok bölgan xodimning oilasi va yaqinlariga kömak beriş hamda vafot etgan xodimning ijtimoiy himoyasini ta’minlaş çoralari körilmoqda.

















