O‘zbekiston | 17:13 / 01.03.2021
19093
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ikki shahridan Turkiyaga yangi muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi «Urganch-Istanbul-Urganch» hamda «Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona» yo‘nalishlarida yangi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

«Urganch-Istanbul-Urganch» yo‘nalishidagi parvozlar joriy yilning 28 martidan boshlab yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Urganch-Istanbul uchish - 09:30, qo‘nish - 11:50
  • Istanbul-Urganch uchish - 13:20, qo‘nish - 19:05.

Aviakompaniyaning «Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona» yo‘nalishidagi aviaparvozlar esa 3 apreldan quyidagi jadvalga muvofiq, haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi:

  • Farg‘ona-Istanbul uchish - 08:50, qo‘nish - 12:30
  • Istanbul-Farg‘ona uchish - 14:00, qo‘nish - 20:50.

Aviachiptalarni kompaniya veb-saytida yoki Uzbekistan Airways Sales orqali sotib olish mumkin.

Bundan oldinroq mart oyidan O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni tiklayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid