Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sub'yektlari bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Illyustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud bo‘lgan qat'iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari bo‘yicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi ma'qullandi:
2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018 yil 1 apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat'iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda amalga oshirilishi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari to‘g‘risidagi oylik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat'iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazadi, keyinchalik ko‘rsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘radi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to‘xtatish tartibi;
moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
-
Ijobiy va konstruktiv: Eron va AQShning Tramp davridagi ilk muzokaralari qanday o‘tdi?
Jahon | 16:43
-
Tojikistonda yuz bergan zilzila oqibatida 17 ta uy va bitta maktab qisman vayron bo‘ldi
Jahon | 15:43
Mavzuga oid

11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

19:17 / 25.03.2025
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

16:11 / 20.03.2025