Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumot bazalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Adliya vazirining "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, qoidalarning yangi tahriri bilan jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Xususan:
EHM uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tekshirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati talab qilinmasligi belgilanmoqda;
EHM uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni axborot tizimi orqali topshirish jarayoni batafsil yoritilmoqda;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlanib yuborilishi nazarda tutilmoqda.
Qoidalarda qo‘llanilgan ayrim so‘zlar va atamalar O‘zbekiston “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilgan so‘zlar va atamalar mos kelmasligi bois qonun bilan birxillashtirilmoqda va eskirgan tushunchalar yangilanmoqda.
Shu bilan birga, tekshirish jarayonining samaradorligini yanada mustahkamlash maqsadida agar talabnoma hujjatlari xorijiy tilda bo‘lsa, ularning ilova qilingan davlat tilidagi tarjimasi notarial tartibda tasdiqlanishi lozimligi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
07:42 / 16.08.2025
Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturiga 200 million dollar jalb qilinadi
18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
15:31 / 24.03.2025
Oylikbot o‘rniga yangi dastur ishga tushiriladi
11:29 / 14.03.2025