Qimmatli qoğozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qoğozlar çiqarilişlarini davlat röyxatidan ötkaziş qoidalariga seriyali  obligatsiyalar dasturini röyxatdan ötkaziş tartibini belgilovçi qöşimçalar kiritilmoqda.

Seriyali (obligatsiya dasturi asosida) obligatsiyalar dasturi emitentga uning doirasida bir neçta obligatsiya emissiyalarini (oçiq yoki yopiq tarzda joylaştiriş) ketma-ket çiqariş huquqini beradi. Obligatsiya dasturi doirasida joylaştiriladigan barça çiqarilgan obligatsiyalar nominal qiymatlarining umumiy summasi obligatsiya dasturida körsatilgan summadan oşmasligi kerak. Obligatsiya dasturi röyxatdan ötkazuvçi organ tomonidan röyxatga olinadi.

Obligatsiya dasturida quyidagi ma’lumotlar körsatiladi:

  • emitentning vakolatli boşqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi böyiça qabul qilingan qaror;
  • obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni çiqariş şakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
  • obligatsiya dasturining amal qiliş muddati (2 yildan oşmasligi lozim);
  • obligatsiyalar çiqarilişining muomala muddatlari;
  • obligatsiya dasturi doirasida joylaştiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari;
  • obligatsiyalar böyiça daromadlarni tölaş tartibi va şartlari (obligatsiyalar böyiça daromadlar obligatsiya dasturi doirasida çiqariladigan har bir çiqariş böyiça emitentning vakolatli boşqaruv organi tomonidan bozor talab va takliflaridan kelib çiqib tasdiqlanadigan alohida qarorda (risolada) belgilanadi);
  • obligatsiya dasturi doirasida joylaştiriladigan obligatsiyalar böyiça majburiyatlarni bajariş kafolatlari töğrisidagi ma’lumotlar;
  • obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalarni joylaştiriş şartlari;
  • boşqa ma’lumotlar.

Obligatsiya dasturini röyxatdan ötkaziş uçun emitent röyxatdan ötkazuvçi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etişi şart:

  • obligatsiya dasturini röyxatdan ötkazişga ariza;
  • obligatsiyalar dasturi (uç nusxada);
  • obligatsiya dasturining qabul qilingani va tasdiqlangani xususida aksiyadorlarning yoki jamiyat iştirokçilarining umumiy yiğilişi bayonnoma nusxasi, agar mazkur qaror AJ kuzatuv kengaşi tomonidan qabul qilingan bölsa – ovoz berişda iştirok etgan AJ kuzatuv kengaşi a’zolarining F.I.O., imzosi körsatilgan yiğiliş bayonnoma nusxasi;