Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish hamda tannarxni pasaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Kelgusi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilindi. Buning uchun fosforli o‘g‘itlarning yetarli zaxirasini tayyorlash, o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarga yetarli miqdorda sulfat kislotasini yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha aniq strategiya qabul qilingan. 2030 yilgacha tarmoq hajmini kamida ikki barobarga oshirish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni 1,5 barobarga ko‘paytirish va eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Tarmoqda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 21 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda, kelgusi uch yil uchun yana 4,5 milliard dollarlik tashabbuslar shakllantirilgan.
Taqdimotda kimyo sanoatidagi yirik korxonalarda ba’zi ishlab chiqarish quvvatlarining eskirgani oqibatida energiya xarajatlarining yuqoriligi va raqobatbardoshlik pastligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, azotli o‘g‘itlar tannarxining 55 foizgacha qismi energiya xarajatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Sohada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni keskin qisqartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Dunyoda kimyo mahsulotlarining bozori tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Qo‘shni mamlakatlarda 1 milliard dollarlik mahsulotlarga talab va logistika uchun qulay sharoitlar bo‘lsa-da, mazkur salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani qayd etildi.
Taqdimotda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hisobiga yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish va eksportni kamida ikki barobarga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
Joriy yilda Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlarida “yashil” mineral o‘g‘itlar, sian tuzlari, kaliy ksantogenat, kaliy sulfati kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar chiqaradigan loyihalar ishga tushdi. Ushbu yangi mahsulotlar eksportini oshirishni hozirdan hisob-kitob qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Kelgusi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirish maqsad qilingan.
Buning uchun fosforli o‘g‘itlarning yetarli zaxirasini tayyorlash, o‘g‘it ishlab chiqaruvchilarga yetarli miqdorda sulfat kislotasini yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Fermerlarni o‘g‘it bilan ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish ishlarini tezroq boshlash zarurligi ta’kidlandi.
Prezident kimyo sanoati mamlakat iqtisodiyotidagi strategik tarmoq ekanini ta’kidlab, ichki bozorni barqaror ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
15:11 / 18.03.2026
O‘zbekiston tajribasi asosida Pokistonda paxtachilik klasterlari joriy etiladi
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026