Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev Lahor şahrida Panjob viloyati qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Iftixor Ali Sahu va çorvaçilik hamda sutçilik vaziri örinbosari Ahmad Aziz Tarar bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqotda Pokiston tomoni Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oşirilayotgan qişloq xöjaligi islohotlarini yuqori baholab, ayniqsa paxtaçilik klasterlari samarali yölga qöyilganini ta’kidladi.

Şuningdek, mazkur ilğor tajribani Pokistonda joriy etiş orqali sohani yanada rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.

Uçraşuv davomida Panjob viloyatining qişloq xöjaligi va çorvaçilik sohasidagi salohiyati bilan tanişildi. Qayd etilişiça, uşbu hudud mamlakatdagi qişloq xöjaligi mahsulotlarining qariyb 70 foizini işlab çiqaradi.

Tomonlar sut va göşt mahsulotlari eksporti, zotdor çorvaçilikni rivojlantiriş, sun’iy uruğlantiriş va genetika sohalarida hamkorlik qiliş, şuningdek, teri mahsulotlarini qayta işlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini ham muhokama qildi.

Özbekiston vakillari esa şoli va kartoşka yetiştiriş, uruğçilik böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini yölga qöyiş, qöşma korxonalar taşkil etiş hamda göşt yetiştiriş yönalişida loyihalarni amalga oşiriş böyiça takliflarini ilgari surdi.

Şu bilan birga, Toşkent va Panjob viloyatlarida savdo uylari va logistika markazlarini taşkil etiş, tekstil va çarm mahsulotlari uçun şourumlar oçiş taşabbusi ham qöllab-quvvatlandi.

Tomonlar uşbu taşabbuslar ikki hudud örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.