Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo mamlakatlarining tibbiyot va xavfsizlik darajasi reytingi. O‘zbekiston qanday baholandi?
International SOS 2017 yilning noyabr oyi uchun hisobotini taqdim etdi. Tahlil uch yo‘nalishda olib boriladi: tibbiyot, xavfsizlik, yo‘l harakati xavfsizligi. Mamlakatlarning muayyan yo‘nalishlardagi xavf darajasi bir necha qismga taqsimlangan: sekin, o‘rtacha, yuqori, juda yuqori.
Tibbiyot
Tibbiyot sifati bo‘yicha eng xavfli mamlakatlar Afrika mamlakatlari, Suriya, Iroq, Afg‘oniston hisoblanadi.
Eng xavfsiz mamlakatlar sifatida esa Kanada, AQSh, Yevropaning aksariyat qismi, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya tan olingan.
O‘zbekiston tibbiyot yo‘nalishida yuqori darajali xavf ostidagi mamlakatlar qatoridan joy olgan.
Xavfsizlik
Braziliya, Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston tez rivojlanayotgan o‘zgaruvchan xavf ostidagi mamlakatlar hisoblanadi.
Eng xavfsiz mamlakatlar deya Kanada, AQSh, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Avstraliya tan olindi. Sayyohlarga Suriya, Mali, Liviya, Janubiy Sudan, Afg‘oniston, Somali, Yaman, Meksika, Pokiston va Hindistonga borish tavsiya etilmaydi.
O‘zbekiston xavfsizlik yo‘nalishida xavf darajasi past hisoblangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya yetakchilik qilmoqda.
Yo‘llardagi vaziyat yuqori darajada xavfli hisoblangan mamlakatlar sirasiga esa Afrika davlatlarining aksariyati, Qozog‘iston, Eron, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar kiritilgan.
O‘zbekiston bu yo‘nalishda yo‘llardagi xavf darajasi juda past bo‘lgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
19:23 / 16.01.2026
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
17:56 / 16.01.2026
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
07:36 / 15.01.2026