O‘zbekiston | 17:00 / 20.08.2022
6530
5 daqiqa o‘qiladi

“O’ZLITINEFTGAZ” AJ qoshida “NEFTGAZ-MALAKA” o‘quv-tadqiqot markazi ochildi

19 avgust kuni “O’ZLITINEFTGAZ” AJ qoshida tashkil etilgan “NEFTGAZ-MALAKA” o‘quv-tadqiqot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz sohadagi yosh mutaxassislarning salohiyatini va tajribasini oshirishga mo‘ljallangan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Bugungi kunda neft va gaz nafaqat sanoatning energetikasi tarkibi, balki yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Yer ichki qismining boyligini har tomonlama ko‘rib chiqish va undan foydalanish o‘zining mehnat va bilimlari bilan bu yutuqlarni ko‘paytiradigan olimlar va amaliyotchilarga bog‘liq. Sohadagi mutaxassislar malakasini oshirish esa bevosita shu sohaning rivojlanishini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan 2022 yil 19 avgust kuni “O’ZLITINEFTGAZ” AJ qoshida tashkil etilgan “NEFTGAZ-MALAKA” o‘quv-tadqiqot markazi ishga tushdi.

“Bu o‘quv markazini ochishdan maqsadimiz – neft-gaz va energetika tizimidagi korxonalarning o‘rta va yuqori pog‘onadagi muhandislarining bilimlarini, tajribalarini oshirish. Malaka oshirishga asosan xalqaro ekspertlarni, xorijlik mutaxassislarni jalb qilganmiz. Mutaxassislarimiz xalqaro standartlar asosida olgan bilimlarini ish jarayoniga tatbiq qiladi va biz buni monitoring qilib boramiz”, deydi “O’ZLITINEFTGAZ” bazaviy standartlashtirish bo‘limi boshlig‘i Iroda Usmonova.

“O’ZLITINEFTGAZ” bazaviy standartlashtirish bo‘limi boshlig‘i Iroda Usmonova

Markazning ochilish marosimi doirasida Rossiyaning “Rock Flow Dynamics” kompaniyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Texnologiyalar kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning “Xrom injiniring” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Poxumov olib borilayotgan bu hamkorlikdan mamnunligini hamda mazkur markazi talabalar uchun haqiqiy rivojlanish markazi bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi 309-sonli qarori imzolanib, unga muvofiq «O‘ZLITINEFTGAZ» AJga ta’lim klasteriga kiruvchi sanoat korxonalari o‘rta va yuqori pog‘onadagi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish yuklatilgan. 

Ushbu markazning maqsadi neft-gaz sanoatining muhandislik-texnologik bo‘linmalari faoliyatining yangi qoidalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bilan birga, neft-gaz operatsiyalarining xalqaro standartlariga javob bera oladigan muhandis-mutaxassislarni qayta tayyorlashdir.

Aytish mumkinki, soha mutaxassislarining tizimli malakasini oshirish inson omilining neft va gaz operatsiyalariga salbiy ta’sirini kamaytiradi va minimallashtiradi.

Mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimi xalqaro standartlar talablariga muvofiq Milliy kadrlarni qayta tayyorlash dasturi “O‘zbekneftgaz” AJga xorijiy menejyerlar xizmatidan voz kechish imkonini beradi.

"O‘ZLITINEFTGAZ" AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Nazarov

"O‘ZLITINEFTGAZ" AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Nazarov yangi o‘quv-tadqiqot markazida mutaxassislarni tayyorlash bosqichlari haqida ma’lumot berdi:

“Yosh muhandislarimizni yangi standartlar asosida ishlashga tayyorlab, bir yillik ish jarayonida monitoring qilib keyingi bosqichda yana bir pog‘onaga ko‘tariladi. Ikkinchi pog‘onada texnologik boshqaruv jarayoniga tayyorlanishadi. Uchinchi bosqichda esa iqtisodiy tahlillash yuzasidan bilim-tajribalar o‘rganiladi”,- deya ma’lum qildi boshqaruv raisi.

“O’ZLITINEFTGAZ” AJ – 60 yillik tarixga ega bo‘lib, ushbu markaz o‘zida yuqori ilmiy-texnik salohiyatni hamda olimlar va mutaxassislarning boy tajribasini birlashtirgan va O‘zbekistonda uglevodorod konlarini o‘zlashtirish hamda neft-gaz sanoati obektlarini qurish uchun har tomonlama ilmiy, texnologik va loyihaviy yordam ko‘rsatadigan, shuningdek, respublikada energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqadigan Bosh injiniring kompaniyasidir.

Bugungi kunga qadar institut 400 dan ortiq mutaxassis, shu jumladan, neft va gaz sanoati, shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissalarini qo‘shgan olimlarning ilmiy qo‘llab-quvvatlashi bilan neft va gaz obektlarini loyihalash bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Jurnalist Gulmira Toshniyozova
Operator va montaj ustasi Abduqodir To‘lqinov