O‘zbekiston | 11:50 / 11.04.2019
10186
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda shisha tola ishlab chiqarish tashkil etiladi

Foto: Stroy-podskazka.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4145-son qaroriga muvofiq, shuningdek, shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy nanotexnologiyalarni keng jalb etish maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3417-son qaroriga muvofiq “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirila boshlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Turonbank” ATB va “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 21,4 million yevro miqdoridagi loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish taklif etildi;

loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan “Falk Porsche Fiberglass” MChJ tashkil etildi;

“Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK aksiyadorlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 12 fevraldagi 4-1001-1806/20410-son qarori asosida olingan 60 434 million so‘mlik mulkni, shuningdek, muvofiq mulklarni “Falk Porsche Fiberglass” MChJga mulk qilib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Belgilanishicha, nazarda tutilgan mulkni topshirish va qabul qilib olish qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obekti hisoblanmaydi.

“Falk Porsche Fiberglass” MChJga nisbatan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3594-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar jamiyat joylashgan manzildan qat'iy nazar;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3 417-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi bilan belgilangan imtiyozlar 2024 yil 31 dekabrga qadar tatbiq etiladi.

Toshkent shahar hokimligi va “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ ikki oy muddatda umumiy maydoni 3 620 kvadrat metr (0022 va 0027 literlar) bo‘lgan, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Olmazor ko‘chasi, 51-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar baholanishi hamda “Falk Porsche Fiberglass” MChJga sotilishini ta'minlaydi.

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ 0022 literda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektiga barqaror ishlab chiqarish siklini ta'minlash maqsadida o‘z ishlab chiqarish quvvatlari va uskunalarini joylashtirish uchun muhandislik kommunikatsiyalari holati bo‘yicha mavjud binodan qolishmaydigan, 1 008 metr kvadrat maydonga ega bo‘sh bino berilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi saqlanayotgan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan texnologik uzellar va uskunalarni “Falk Porsche Fiberglass” MChJga topshiradi.

“Falk Porsche Fiberglass” MChJga ishlab chiqarish zarurati taqozo etganda ishlab chiqarish uzluksizligini ta'minlash maqsadida tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan texnologik uzellar va uskunalarni ulardan qaytarib berish sharti asosida foydalanishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berildi.

Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiyatejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalar
RO‘YXATI

T/r

Nomlanishi

Investitsiya summasi (mln yevro)

Loyiha

quvvati

Foydalanishga

topshirish

sanasi

1

Shisha tola ishlab chiqarishni tashkil etish

12,4

13 000 tn

2021 yil, mart

2

Shisha tola buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

7,0

3 000 tn

2022 yil, fevral

3

Energiya tejamkor isitish asbob- uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

2,0

240 dan 40 000 kVt gacha

2022 yil, oktabr

Jami:

21,4

 

 

 

Mavzuga oid