Shakar narxi oshishi haqidagi xabarlar rad etildi
Dehqon bozorlarida tashkil etilgan elga xizmat rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, boshqa savdo do‘konlarda o‘rtacha 13 200 – 15 000 so‘mni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda shakar narxini barqaror saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, narxlar keskin o‘sishi bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, ichki bozorlarda shakarga bo‘lgan ehtiyoj 1 yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tn.ni tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud.
Birja savdolariga 2024 yilning yanvar-iyun (12-sanasiga qadar) oylarida (spot va forvard birgalikda) jami 305 ming tonna qo‘yilib, 37 foizi (yoki 114 ming tnsi) sotilgan, jumladan, 12 iyun holatiga mahalliy korxonalar tomonidan birja savdolariga jami 2 100 tonna shakar mahsuloti boshlang‘ich narxi 12 860 so‘mdan qo‘yilib, 30 foizi (yoki 643 tnsi) realizatsiya qilingan. Boshlang‘ich narxga nisbatan o‘sish kuzatilmagan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida respublikaga jami 123 ming tonna shakar, asosan Rossiya, Qozog‘iston va Tailand davlatlaridan import qilingan.
Joriy yilning 16 aprelidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirildi.
Respublikaning dehqon bozorlarida tashkil etilgan elga xizmat rastalari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilishi ta’minlanayotgan bo‘lsa, boshqa savdo do‘konlarda o‘rtacha 13 200 – 15 000 so‘mni tashkil etmoqda.
– Hurmatli yurtdoshlar, shakar mahsulotining birja savdolaridagi narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga pasaygan bo‘lsa, bozorlardagi chakana narx o‘zgarishsiz qolgan. Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda shakar mahsulotining chakana narxlari yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Narxlarni barqaror saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, narxlar keskin oshishi bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q. Shu sababli, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan to‘liq o‘rganilmagan xabarlarga asosan xavotirga tushmasligingizni so‘rab qolamiz, – deydi Otabek Usmonov.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
13:10 / 02.11.2024