O‘zbekiston | 14:14 / 12.10.2021
8471
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «Har bir mahallada kamida 1 milliard so‘mdan mablag‘ bo‘ladi» 

Hokim yordamchilari oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har yili ajratiladigan 700 milliard so‘m kreditlarni 544 ta mahallada berilishini ta'minlaydi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Foto: mahalladosh.uz

“Buxoro azaldan tadbirkor va hunarmandlar yurti bo‘lib shuhrat qozongan. Bu salohiyatni ishga solish uchun aholiga dastak bo‘ladigan sharoitlar yaratib, kasbga o‘rgatsak va ozgina ko‘mak bersak, bemalol 90 ming aholining bandligini ta'minlasa bo‘ladi. 

Bu ishlarni “mahallabay” tashkil etish uchun har bir mahallada “hokim yordamchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Hokim yordamchilari mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish joylarini yaratishga mas'ul bo‘ladi, yer, kredit, infratuzilma, kasbga o‘qitish va boshqa zaruriy ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yadi, aholi tomorqasidan samarali foydalanish uchun, ekinlarni ekishda ko‘chat, o‘g‘it, issiqxona, suv masalalarini hal etishga ko‘maklashadi, o‘z “budjeti” bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilishni tashkillashtiradi.

Misol uchun, hokim yordamchilari oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har yili ajratiladigan 700 milliard so‘m kreditlarning 544 ta mahallada berilishini ta'minlaydilar. Ya'ni, har bir mahallada kamida 1 milliard so‘mdan mablag‘ bo‘ladi. Hokim yordamchilari iqtisodiyot, investitsiya, hokimiyat idoralarida ishlaydigan bilimli va shijoatli yoshlar orasidan tanlanadi hamda 2 oy davomida yangi tizim asosida ishlashga o‘qitiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Mavzuga oid