Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
Ummon axborot agentligi 2025 yil sentabr oyida Markaziy Osiyoning eng diqqatga sazovor madaniy tashabbusi bo‘lishi kutilayotgan ilk Buxoro biyennalesi o‘tkazilishi haqidagi maqolani tarqatdi.
Qayd etilganidek, Markaziy Osiyoning markazida, sivilizatsiyalar kesishib, turli madaniyatlar bir-birini to‘ldiradigan Buxoro shahri noyob san’at tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Bu shaharda 2025 yilda Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi, uning maqsadi – ushbu qadimiy kent ruhini zamonaviy san’at orqali qayta tiklashdan iborat. Ushbu yirik san’at tadbiri, mintaqaning madaniy sahnasida muhim burilish nuqtasini ifodalaydi, bu yerda boy Islom merosi va zamonaviy san’at tajribasi o‘zaro uchrashadi", – deyiladi maqolada.
Buxoro biyennalesi tarixiy shaharning markazida, asrlar davomida saqlanib qolingan masjidlar va madrasalar joylashgan maydonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu noyob arxeologik makon o‘tgan va hozirgi zamon, an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikni tadqiq qilish uchun mukammal fonni taqdim etadi. "Parchalangan qalblar uchun malhamlar" ko‘rgazmasi pazandachilik, tasviriy san’at, to‘qimachilik, hunarmandchilik, musiqa, raqs va me’morchilikni qamrab oladi.
Maqola yakunida, "Mazkur tashabbus Markaziy Osiyoning san’at sahnasini rivojlantirishda muhim qadamdir. U Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlashga yordam beradi va san’at namoyandalarining hamkorligi uchun yangi ufqlarni ochadi. Shuningdek, Buxoro shahrining madaniy merosini qayta tiklash va ushbu qadim kentni xalqaro madaniy sayyohlik manzili sifatida yanada targ‘ib qilishga ko‘maklashadi", deb yozilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026