Pedagog kadrlarning navbatdan tashqari attestatsiya muddatlari belgilandi

Foto: Depositphotos
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, 2015-2018 yillarda o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etgan pedagoglar uchun o‘z arizalariga ko‘ra, muddatidan ilgari attestatsiyasi 2019 yil iyun oyida o‘tkazilishi belgilandi.
Buning uchun ular o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta'lim muassasasi rahbariga yozma murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Ta'limni boshqarish bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari esa o‘z navbatida attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirib, 2019 yil 1 iyunga qadar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari hamda pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni pka.tdi.uz - elektron dasturiga kiritilishini nazoratga olishlari talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlash haqidagi” 392-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bandida “Pedagog kadrlar ularning yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkinligi”, 64-bandida esa “Navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmasligi” ko‘rsatib o‘tilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
Jahon | 20:44
-
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
O‘zbekiston | 20:22
-
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
Fan-texnika | 20:20
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
Mavzuga oid

17:10
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025