Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği Sardor Rahimboyev ma’lum qilişiça, toifa beriş tizimi Amerika taşkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan ötkazilgan.
2025 yilning birinçi yarmida ötkazilayotgan attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qöşimça 70 foiz ustama belgilanadi.
Bunda qöşimça ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqiçda) iştirok etib, oliy va birinçi malaka toifasiga erişgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasini aniqlaş hamda öquv fani böyiça malaka sinovidan berilgan maksimal ball e’tiborga olinmaydi.
Uşbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyada iştirok etiş orqali ustamaga ega bölişlari mumkin.
Ustamaning amal qiliş muddati ikki yil bölib, muddat yakunlangandan söng ustama uçun sinovlarda qayta iştirok etiş mumkin böladi.












