Samarqand viloyati Bulunğur tumanining 37-maktabida öqituvçi öquvçilarga öta qöpol munosabatda bölgani aytilmoqda. Kun.uz’ga yuborilgan videoda erkak öqituvçi sinfxonaga jahl bilan kirib, bolalar bilan qöpol munosabatda bölgani aks etgan. 4 daqiqa-yu 55 soniyali videoda xodim bir neçta bolaga qöl kötargani, ularga ayovsiz tanbeh bergani körinadi. 

Tahririyat holat yuzasidan izoh oliş uçun videoni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga taqdim qildi. Hozirda vaziyat örganilayotgani, qöşimça axborot berilişi aytildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahridagi maktablardan birida darsga keç kelgan 7-sinf öquvçisiga taşlanib, unga zörlik va tazyiq ötkazgan öqituvçi işdan olingandi.

Xorazmda esa maktab direktori soçi örilmagan qizni kaltaklagan videosi tarqalgandi. Holat ortidan direktor dastlab ma’muriy javobgarlikka tortilib, pedagogga xos bölmagan harakatlari uçun hayfsan jazosini olgan, keyinroq işdan böşatilgandi.