Özbekiston böylab hozirda maktab öqituvçilari uçun malaka sinov imtihonlari ötkazilmoqda. Tarmoqlarda Samarqand viloyatida testda qatnaşib çiqqan nomzodning onlayn efirda hali içkarida ötirgani va bunga boşqa pedagoglarning noroziligi aks etgan video tarqaldi. Andijonda esa boşqa nomzodning telefondan foydalangani e’tirozlarni keltirib çiqardi.

Mazkur holatlar yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rasmiy izoh berdi. Unga köra, Samarqandda toifa sinovlari ötkaziladigan bino içidagi kuzatuv kameralarining onlayn efiri uzatiladigan saytda uzilişlar yuzaga kelgan.

Vazirlik sayt RsP protokolini qöllab-quvvatlamagani uçun videooqim maxsus kodirovka orqali uzatilişini, translatsiya tizimida har 15 soniyada yangilanadigan video kadrlar saqlanişini aytib, sayt kompyuter brauzerida oçilgaç, körsatilayotgan barça kadrlar keş xotirada (ya’ni vaqtinçalik xotirada) qolişini bildirgan.

“Agar internet aloqasi uzilsa, brauzer avtomatik ravişda oxirgi uzilmasdan avval körsatilgan kadrlarni körsatişda davom etadi. Bu muammoni bartaraf etiş uçun sahifani oddiygina yangilaş (refreş qiliş) yetarli böladi. Yuqoridagi holatda esa, interaktiv panelda internet aloqasi uzilgan va natijada eski, ya’ni uzilişdan oldingi kadrlar ekranga çiqqan.

Ilova qilingan rasmdan körinib turibdiki, uşbu nomzod 52 ball töplab attestatsiyadan öta olmagan. Şuningdek, nomzodning test jarayonida olingan rasmlari va u sinovdan ketgandan keyingi holatni körişingiz mumkin (butun jarayonning töliq videosi ham mavjud va u 1 yil davomida saqlanadi”,– deyiladi rasmiy xabarda.

Ikkinçi holatda esa rasmiylar telefondan foydalangan nomzodning natijalari hodisa aniqlangan kun, ya’ni 19 aprel kuni bekor qilinib, u çetlaştirilganini ta’kidlaşgan.

Qöşimça qilinişiça, hozirgaça toifa sinovlarida aloqa qurilmalaridan yoki boşqa vositalardan foydalangan jami 24 nafar nomzod jarayondan çetlaştirilgan.