Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» muhim o‘yinlar oldidan yetakchilarisiz qoldi
«PSJ» yarim himoyachilari Tyaggo Motta va Anxel Di Mariya Fransiya chempionatining 35-turi doirasida «Nitstsa»ga qarshi kechgan o‘yinda (1:3) maydondan chetlatilgani uchun tartib-intizom qo‘mitasi qarori bilan ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Argentinalik futbolchi esa qo‘shimcha tarzda yana bir uchrashuvga shartli ravishda diskvalifikatsiya oldi, deb xabar bermoqda L`Equipe.
Motta raqibiga zarba bergani uchun 90-daqiqada qizil kartochka olgan bo‘lsa, Di Mariya – qo‘shib berilgan vaqtning uchinchi daqiqasida qo‘pollik bilan raqibini chalib yiqitgani uchun maydondan haydaldi. Har ikki o‘yinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan. Shu tariqa, Motta va Di Mariya «Bastiya» hamda «Sent-Eten» bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi hamda so‘nggi, 38-tur doirasida o‘z uy stadionlarida «Kan» bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Bahs 20 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:16 / 13.02.2019
VAR Yangni chetlashtirolmasdi. Videoarbitrlar qanday ishlaydi?
11:40 / 13.02.2019
«Barcha asal oylari bir kun tugaydi». Sulsherga katta baho berildimi?
20:15 / 26.10.2018
Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli aniqlandi
22:50 / 22.08.2017