Yevropa Çempionlar ligasining 1/8 finalidagi ilk uçraşuvda «Manchester Yunayted» öz uyida «PSJ»ga yutqazib qöydi (0:2).
«Manchester Yunayted» (Angliya) – «PSJ» (Fransiya) – 0:2 (0:0)
Gollar: Kimpembe, 53 (0:1). Mbappe, 60 (0:2).
«Manchester Yunayted»: de Xea, Yang, Bayi, Lindelyof, Şou, Matiç, Errera, Pogba, Lingard (Sançes, 45+4), Reşford (Lukaku, 84), Marsiyal (Mata, 46).
«PSJ» (Fransiya): Buffon, Kerer, Tiagu Silva, Kimpembe, Bernat, Markinyus, Verratti (Paredes, 75), Draksler, Dani Alves, Mbappe, Di Mariya (Dagba, 81).
Ogohlantirişlar: Kimpembe, 11. Draksler, 19. Pogba, 26. Yang, 30. Bernat, 34. Lindelef, 50. Dani Alves, 62. Errera, 87. Şou, 90+2.
Çetlatiş: Pogba, 89.
Hakam: Orsato (Italiya).
12 fevral. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Javob öyini – 6 mart.
Deyarli 20 yil muqaddam Ole Gunnar Sulşer özining goli bilan «MYu»ga Çempionlar ligasi tarixidagi eng yorqin ğalabani keltirgandi. Endi uşbu norvegiyalik sobiq futbolçi «MYu»ni boşqarmoqda, uning yevrokubokdagi debyuti kutilmagan köriniş oldi. «PSJ» oson raqib emasdi. Garçi, «Yunayted»ning sobiq futbolçisi, Sulşerning sobiq jamoadoşi Erik Kantona original prognoz bergan bölsada. «MYu» futbolçilari men qurbaqalarni qanday yesam, parijliklarni ham şunday yeb qöyişadi», degandi sobiq futbolçi.
Parijliklar öyin oldidan jiddiy muammolarga duç kelişgandi: Neymar, Kavani va Menening jarohatlari. Jamoaning janubiy amerikalik hujumçilari Çempionlar ligasi guruh bosqiçida jami 7ta gol urişgandi. Bu guruh bosqiçida «MYu»ning barça futbolçilari bir bölib urgan gollar soniga teng. Lekin parijliklar darvozasi Buffon qölida edi.
Qiziqarli statistika. Italiyalik darvozabon bu maydondagi raqibi Markus Reşford dunyoga kelişidan ikki oy avval YeÇLda debyut qilgandi. U şuningdek, jamoadoşi Kilian Mbappe tuğilişidan oldin YeÇLda öynagan. Aynan şu ikki futbolçi ikki jamoaning hujum markazida harakat qildi. Birinçi bölimda ularning ikkisi ham özini körsata olmadi.
Birinçi bölimdagi asosiy vaziyat Yang va Di Mariya iştirokida böldi. «MYu» sardori töp uçun kuraş vaqtida sobiq jamoadoşini kuç bilan maydon çetidagi tösiq tomon itarib yubordi. Argentinalik futbolçi bir neça daqiqa davomida yerda yotdi, öyin hakami Daniele Orsato esa angliyalik himoyaçiga sariq kartoçka körsatmadi, aks holda şundoq ham avvalroq ogohlantirilgan futbolçi qizil kartoçka olib maydonni erta tark etgan bölardi.
Ashley Young receives the loudest applause of the evening so far for this on Di Maria. pic.twitter.com/fShYy1BB4g
— The Man Utd Way (@TheManUtdWay) 12 fevralya 2019 g.
Birinçi bölim oxirida «Yunayted» jarohat tufayli hujum çiziği vakillari Lingard va Marsiyalni yöqotdi, zaxiradan çiqqan Aleksis Sançes va Xuan Mata hujumkorlikni kuçaytira olişmadi.

Tomas Tuxel esa jamoaning qanotlarini faollaştirdi, birinçi bölimda raqibning bu çiziqlari oqsayotgani bilinib qolgandi. Ikkinçi bölimda parijliklar kengroq öynay boşlaşdi, Di Mariya va Draksler ham «MYu» mudofaasini yorib ötişda qanot futbolçilari Bernat va Dani Alvesga yordam bera boşlaşdi.
Di Mariyada bu öyinda iştiyoq katta edi: uning Angliyadagi yagona mavsumi dahşatli darajada yomon keçgandi, «MYu» muxlislari esa hamon uni yomon körişlarini bildirib qöyişdi.
Anxel Di Mariya 2014 yil yozida «Real»dan «Manchester Yunayted»ga ötgandi. Uning transferi uçun öşanda 59,7 mln funt tölangandi va bu öşa vaqtda ingliz klublari uçun rekord natija bölgandi. Ammo Angliyada uning öyini çiqmadi va bir yil ötib uni Parijga 63 mln yevroga transfer qilişdi. Bu sotib olingan narxdan arzonroqqa edi.
Tört yil ötib u «Old Trafford»ga qaytdi. Uni juda yomon kutib olişdi va tinmay huştakbozlik qilişdi. Futbolçi esa muxlislarning hamda Eşli Yangning harakatlariga munosib javob qaytardi.
53-daqiqada Di Mariya burçak zarbasini ajoyib tarzda amalga oşirdi, u darvozabon hududiga oşirgan töp Matiç böş qoldirgan Kimpembega kelib tuşdi va hisob oçildi.
60-daqiqada esa qarşi hujum vaqtida oldinga intilgan Kilian Mbappeni golli pas bilan ta'minladi.

Bu ikki gol orasida Di Mariya «publikaga öynaşga» ham ulgurdi, qanotdan töp taşlab beriş vaqtida unga mahalliy muxlislardan biri pivo butilkasini uloqtirdi, u esa idişni qöliga oldi va undan içgandek harakatni amalga oşirib, muxlisni mulzam qildi.

Ikkinçi golni nişonlaş vaqtida esa u mahalliy muxlislarga öz «dil sözlari»ni yölladi.
Di Maria to Manchester united fans
— Surafel 🇪🇹 (@Sarriballfc) 12 fevralya 2019 g.
F***k you f***k you pic.twitter.com/XUKnMX4EU1
81-daqiqada öyin qahramoni öyindan olindi, Tuxel uni navbatdagi köngilsizliklar va haqoratlardan va jarohatdan asradi.

Öyinning qolgan qismida «PSJ» yana gol urişi mumkin edi, Dani Alves, Mbappe va Bernat golli vaziyatlarni kökka sovurişdi. «MYu» esa oçiqçasiga zaif körinardi, öyin oxirida bu öyin qahramoni bölişi kutilgan Pol Pogba ahmoqona holatga tuşib, maydondan çetlatildi.

Bu juftlikda yeçilmagan masala qolmadi hisob, Tuxel muddatidan avval keyingi bosqiç masalasini hal qildi, desa ham böladi.

Barça savollar - Sulşerga. U jamoa bilan 11 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etgandi (10 ğalaba va bir durang), lekin bu öyinlardan faqat bittasi top-klubga qarşi keçgan, ammo «Tottenhem»ga qarşi öyinni De Xeaning köpdan-köp seyvlari qutqargandi, qolgan öyinlarda esa örtamiyonalar va autsayderlar klass evaziga mağlub etilgandi. Endi esa Sulşerga yuqori baho berib yuborilgani ma'lum bölib qoldi, «MYu» Sulşer boşqaruvidagi öyinlarda birinçi marta maydonni golsiz tark etdi, endi «MYu»ning haqiqiy darajasi foş bölib qoldi. Sobiq futbolçi, futbol eksperti va taniqli «söz ustasi» Gari Lineker aytganidek «Barça asal oylari bir kun kelib tugaşi kerak».













