Muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos - prezident
Ipoteka bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi, shaharlarda dastlabki badal 20 foizdan 15 foizga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.
«Joriy yilda uy-joy qurilishi uchun davlat tomonidan ham aholiga, ham quruvchilarga katta imtiyozlar berilmoqda.
Jumladan, joriy yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi. Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya'ni aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos.
Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mini esa davlat beradi. Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab beradi», dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03
-
FVV respublika qutqaruv markaziga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 18:32
-
Ozarboyjonda birinchi marta mpox virusi bilan kasallanish holati qayd etildi
Jahon | 18:30
-
AQSh razvedkasi sobiq xodimi Isroilning Eronga hujumiga oid maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganini tan oldi
Jahon | 18:16
Mavzuga oid
17:43 / 17.01.2025
2025 yilda 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi
18:43 / 16.01.2025
2025 yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlanadi
18:42 / 16.01.2025
Eksportga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi
18:38 / 16.01.2025